So’ngi yangiliklar

Tibbiy ko’rik

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o’ziga biriktirilgan mahallalarda muntazam yoshlar qabuli, tibbiy ko’rik kabi tadbirlar o’tkazib kelmoqda. Kuni kecha institutning Davolash fakulteti talabalari va rahbariyati Buxoro shahridagi boquvchisini yo’qotgan va ehtiyojmand insonlar holidan xabar olishdi.Sog’lig’i bilan bog’liq muammolari bor insonlarga tibbiy ko’rik va davolanish uchun mutaxassislar tashkillashtirib berilishini ma’lum qilishdi.

Garvard universiteti bilan hamkorlikda yurtimizda Tibbiy genetika markazi ochiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga xizmat safari davom etmoqda. Vakillarimiz dastlabki muloqotni dunyoning eng nufuzli va qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Garvard universiteti rahbariyati bilan o‘tkazdi. Aytish joizki, Massachusets shtatida joylashgan mazkur muassasaga 1636 yilda asos solingan. Bu yerda 21 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Xususan, universitetning Boston shahridagi Garvard tibbiyot maktabida sog‘liqni saqlash sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu muassasa bitiruvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori, AQShning 8 nafar prezidenti chiqqan. Uchrashuvda mazkur

Buxoro davlat tibbiyot institutida radiologiya sohasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Institutda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar mavsumi davom etmoqda. Hafta boshida Akusherik va ginekologiya sohasida nufuzli ilmiy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, kecha «Современные аспекты инноваций в радиологии. Настоящее и будущее» (“Radiologiyada zamonaviy innovatsiyalarning o‘rni. Bugun va kelajak”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mahalliy olimlarimiz bilan birga Rossiya, Qozog‘iston  kabi davlatlardan hamda mamlakatimizdan radiologlar jamiyatlari vakillari, respublikamiz hamda qator xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Kirish so‘zi bilan chiqish qilgan institut rektori Shuxrat Teshayev o‘z nutqida,

26 aprel kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “AYOLINI E’ZOZLAGAN YURT” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun “Huquqiy maslahat burchaklari”, bepul tibbiy ko‘riklar hamda xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, kitob va konditer mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturi mehmoni — qiziqchi Nodirbek Hayitov va estrada xonandalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Madaniy tadbirda Buxoro davlat tibbiyot institutining xotin-qizlardan iborat ixtirochi olimalari, faol talaba qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

O‘ZBEKISTONDA TIBBIYOT MUHANDISLIGI SOHASIDA YANGI MAGISTRATURA DASTURI ISHLAB CHIQILADI

Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida Kimyo xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro Erasmus+ dasturi 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining dastlabki uchrashuv seminari bo’lib o’tdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot institudan Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyazov, Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti K.Abdullayeva, Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti U.Gapurov hamda Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Z. Narzullayeva qatnashishdi. Ushbu loyiha 2023-2025 yillarga moliyalashtirishga tavsiya etilgan bo’lib

Buxoro davlat tibbiyot institutida “REFERENDUM VA YOSHLAR” tadbiri bo’lib o’tdi

Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum va yoshlar” forumlari tashkil etilmoqda. Gala-konsert ko‘rinishida o‘tayotgan bunday forumlarda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yoshlarga batafsil tushuntirilmoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov va xalq deputati viloyat kengashi deputatlari, siyosiy partialar vakillari ishtirok etishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yashil energiya”

Ma’lumki mamlakatimizda oxirgi yillarda “yashil energiyani” joriy etish ko’lamini oshirish bo’yicha keng miqyosadigi sihlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Buxoro  davlat tibbiyot instituti ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlariga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Jumladan, “7. Arzon va toza energiya” maqsadi bo’yicha institutining yangi kampusida 2022 yil avgust oyida muqobil quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi  100 kVtli

“Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish aksiyasi davom etmoqda

Xalqimizda azaldan koʼchat ekib, bogʼ yaratgan insonlar ulugʼlangan.  Har bir kishi bir tup koʼchat oʼtqazsa, undan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat koʼradi. Muborak hadisda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, oʼsha daraxtni ekkan kishining nomai aʼmoliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida oʼtirsa, ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qoʼyiladi. Inson oʼz uyiga qanday eʼtibor bersa, atrofga ham shunday munosabatda boʼlishi shart. Chunki butun Yer yuzi insonlar uchun maskandir. Ushbu savobli ishda har bir

“Bir million daraxt” aksiyasida talaba yoshlarimizning jonbozligi tahsinga loyiq

Tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Fan-texnika taraqqiyoti, turli demografik jarayonlar, global iqlim oʻzgarishi kabi bir qator ekologik muammolar bugun jahon hamjamiyatini asosli ravishda tashvishga solmoqda. Bu borada mamlakatimizda ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilib, yerosti va yer usti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi Konstitutsiyamizning alohida bandi, shuningdek bir qator tegishli qonunlar bilan davlat muhofazasiga olinib, ulardan oqilona foydalanish, asrab-avaylab kelgusi avlodlarga ham yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yashil makon” umummilliy harakati amalda

Hammaga ma’lumki, tabiatimizni asrash va yashil olamni ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish oyligi boshlangan edi. Mazkur loyiha doirasida joylarda yashil maydonlarni ko‘paytirish, hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari va tadbirlari tashkil etish maqsad qilindi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali har yili daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Mana shunday

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X