26 aprel kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “AYOLINI E’ZOZLAGAN YURT” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun “Huquqiy maslahat burchaklari”, bepul tibbiy ko‘riklar hamda xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, kitob va konditer mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturi mehmoni — qiziqchi Nodirbek Hayitov va estrada xonandalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Madaniy tadbirda Buxoro davlat tibbiyot institutining xotin-qizlardan iborat ixtirochi olimalari, faol talaba qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X