Buxoro davlat tibbiyot institutida “REFERENDUM VA YOSHLAR” tadbiri bo’lib o’tdi

Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum va yoshlar” forumlari tashkil etilmoqda. Gala-konsert ko‘rinishida o‘tayotgan bunday forumlarda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yoshlarga batafsil tushuntirilmoqda.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov va xalq deputati viloyat kengashi deputatlari, siyosiy partialar vakillari ishtirok etishdi.