Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi volontyorlari va koordinatorlari tomonidan yana bir foydali va ibratli tashabbus amalga oshirilmoqda. Bu yerda parvarishlanayotgan rayhon nafaqat xushbo‘y hidi, balki inson salomatligi uchun nihoyatda foydali shifobaxsh xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Rayhon qadimdan xalq tabobatida qo‘llanib kelinayotgan tabiiy ne’matlardan biridir. U asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi hamda organizmga kuch va tetiklik bag‘ishlaydi. Shifobaxsh o‘simliklarga e’tibor qaratish — bu o‘z salomatligimizga e’tibor qaratish demakdir. Keling, tabiat ne’matlarini asraylik, ulardan oqilona foydalanaylik va sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda qadam
Institut yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova boshchiligidagi bir guruh tyutor-murabbiylar tomonidan institut hududidagi Ma’naviyat bog‘ida manzarali gullar ekish ishlari amalga oshirildi. Ushbu tashabbus nafaqat hududni yanada ko‘rkamlashtirish, balki talabalar orasida tabiatga hurmat va obodonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bog‘ni obod va go‘zal saqlash esa har birimizdan mas’uliyat talab etadi. Atrof-muhitni asrash va uni yanada go‘zal qilish barchamizning umumiy burchimiz ekani alohida ta’kidlandi. Bunday ezgu ishlar talaba-yoshlar va institut jamoasining kayfiyatiga iliq ta’sir ko‘rsatib, ularni
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 18-aprel kuni Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar kuni nishonlanadi. Bu bayram joriy yilda 40-marta nishonlanmoqda. 1982-yilda ushbu kunni o‘tkazish g‘oyasi Yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar masalalari bo‘yicha xalqaro kengash (ICOMOS) tomonidan ilgari surilgan.Bir yil o‘tgach, ushbu taklif YUNESKO tomonidan ma’qullangan.
Ichki ma’naviyatni yuksaltirish va ekologik fikrlashni shakllantirishga qaratilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi. 📣Mazkur tanlov yoshlar ongida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat hamda ichki ma’naviy poklik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ekologik muammolar, tabiatni asrash, inson va tabiat uyg‘unligi kabi dolzarb mavzularni badiiy ifoda etishdi. ➡️Ta’kidlash joizki, ushbu tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish yuzasidan tegishli buyruq qabul qilingan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishga xizmat
Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi. 🙋♂️ Mazkur aksiya orqali yoshlar o‘rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash, isrofning oldini olish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga suvning hayotimizdagi beqiyos ahamiyati, global miqyosda suv tanqisligi muammosi hamda uni tejashning oddiy, ammo samarali usullari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar faol ishtirok etib, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni namoyon etdilar. Ushbu tashabbus yoshlar orasida ekologik ong va mas’uliyatni
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida Buxoro viloyati vakillari ham faol qatnashdi. Mazkur jarayon hududda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida Buxoroda viloyat hokimligi bog‘i tashkil etildi. Ushbu bog‘ hududda yangi yashil maskan sifatida shakllanib, aholining dam olishi hamda ekologik
Buxoroga tashrif buyurgan AQShda tahsil olayotgan 52 nafar xalqaro talaba bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar institut faoliyati bilan tanishdi hamda ezgu niyatlar bilan institut hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi. Mazkur tashrif do‘stlik, hamkorlik va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tkazildi.
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida turli tashkilot va muassasalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Mazkur ezgu tadbirda jamoalar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga hissa qo‘shmoqda. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh binosi hududida ham hashar ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Tadbir davomida institut hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar jarayonida xodimlar tomonidan hududlarda to‘planib qolgan begona
Ushbu ezgu an’ana nafaqat belgilangan kunlarda, balki yil davomida barchani yakdillikka, mehr-oqibatga, hamjihatlikka chorlab keladi. Obod maskanlar – farovon hayot garovi ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Institut hududi hamda unga tutash maydonlarda obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarda mehnatsevarlik, Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalari umumxalq hashari doirasida institut hududida faol ishtirok etishdi. ➡️Hashar davomida institut hududi obodonlashtirildi, atrof-muhit tozalandi, daraxtlarga suv quyildi va yashil maydonlar parvarish qilindi. Ushbu ezgu tashabbus jamoaning birdamligi, mehnatsevarligi hamda tabiatga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdi. ✔️Bunday tadbirlar nafaqat hududni yanada obod qilishga, balki yoshlar qalbida ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.









