Monthly Archives: Aprel 2023

26 aprel kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “AYOLINI E’ZOZLAGAN YURT” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun “Huquqiy maslahat burchaklari”, bepul tibbiy ko‘riklar hamda xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, kitob va konditer mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturi mehmoni — qiziqchi Nodirbek Hayitov va estrada xonandalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Madaniy tadbirda Buxoro davlat tibbiyot institutining xotin-qizlardan iborat ixtirochi olimalari, faol talaba qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

O‘ZBEKISTONDA TIBBIYOT MUHANDISLIGI SOHASIDA YANGI MAGISTRATURA DASTURI ISHLAB CHIQILADI

Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida Kimyo xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro Erasmus+ dasturi 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining dastlabki uchrashuv seminari bo’lib o’tdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot institudan Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyazov, Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti K.Abdullayeva, Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti U.Gapurov hamda Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Z. Narzullayeva qatnashishdi. Ushbu loyiha 2023-2025 yillarga moliyalashtirishga tavsiya etilgan bo’lib

Buxoro davlat tibbiyot institutida “REFERENDUM VA YOSHLAR” tadbiri bo’lib o’tdi

Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum va yoshlar” forumlari tashkil etilmoqda. Gala-konsert ko‘rinishida o‘tayotgan bunday forumlarda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yoshlarga batafsil tushuntirilmoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov va xalq deputati viloyat kengashi deputatlari, siyosiy partialar vakillari ishtirok etishdi.