Ekofaol xodim

🌿 Ma’naviyat bog‘i — obodlik va go‘zallik maskani

Institut yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova boshchiligidagi bir guruh tyutor-murabbiylar tomonidan institut hududidagi Ma’naviyat bog‘ida manzarali gullar ekish ishlari amalga oshirildi. Ushbu tashabbus nafaqat hududni yanada ko‘rkamlashtirish, balki talabalar orasida tabiatga hurmat va obodonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bog‘ni obod va go‘zal saqlash esa har birimizdan mas’uliyat talab etadi. Atrof-muhitni asrash va uni yanada go‘zal qilish barchamizning umumiy burchimiz ekani alohida ta’kidlandi. Bunday ezgu ishlar talaba-yoshlar va institut jamoasining kayfiyatiga iliq ta’sir ko‘rsatib, ularni

“Yashil makon” doirasida Buxoroda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida Buxoro viloyati vakillari ham faol qatnashdi. Mazkur jarayon hududda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida Buxoroda viloyat hokimligi bog‘i tashkil etildi. Ushbu bog‘ hududda yangi yashil maskan sifatida shakllanib, aholining dam olishi hamda ekologik

📘 🌱 Umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida turli tashkilot va muassasalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Mazkur ezgu tadbirda jamoalar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga hissa qo‘shmoqda. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh binosi hududida ham hashar ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Tadbir davomida institut hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar jarayonida xodimlar tomonidan hududlarda to‘planib qolgan begona

Joriy yilning 13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu ezgu an’ana nafaqat belgilangan kunlarda, balki yil davomida barchani yakdillikka, mehr-oqibatga, hamjihatlikka chorlab keladi. Obod maskanlar – farovon hayot garovi ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Institut hududi hamda unga tutash maydonlarda obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarda mehnatsevarlik, Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jo‘yzarda umumxalq hashari davom etmoqda!

➡️ Hashar – xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassamdir. 🔗 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga qarashli Jo‘yzar sogʻlomlashtirish markazida institutning professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda ko‘ngilli talabalari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq hasharida faol ishtirok etishmoqda. ✅ Hashar doirasida hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, bu orqali atrof-muhitni yanada sog‘lomlashtirish va jamiyatda ekologik madaniyatni oshirishga hissa qo‘shilmoqda. 🛠 Ishlar davom etadi — obod

YASHIL MAKON

🔷Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hududida «Yashil makon» marafoni tashkil etildi. Marafonda institut tyutorlari, koordinatorlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari va faollari bugun “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda. Hashar davomida institut hududi va uning atrofidagi ko‘chalar obodonlashtirilib, ko‘kalamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari birgalikda ko‘chalarni toza, obod va yashil hududga aylantirish uchun jonbozlik ko‘rsatishdi. Chiqindilardan tozalash ishlari ham muvaffaqiyatli olib borildi, bu esa nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qildi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X