📘 🌱 Umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida turli tashkilot va muassasalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Mazkur ezgu tadbirda jamoalar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga hissa qo‘shmoqda.

Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh binosi hududida ham hashar ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Tadbir davomida institut hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hashar jarayonida xodimlar tomonidan hududlarda to‘planib qolgan begona o‘tlar va xas-xashaklar yig‘ishtirilib, chiqindilar olib chiqilmoqda. Shuningdek, daraxtlar atrofi tartibga keltirilib, ularning tanasi oqlanmoqda. Bu esa daraxtlarni zararkunandalardan asrash hamda hududning yanada ko‘rkam ko‘rinishiga xizmat qilmoqda.

Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va maskanlar obodligiga xizmat qiladi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X