Ushbu ezgu an’ana nafaqat belgilangan kunlarda, balki yil davomida barchani yakdillikka, mehr-oqibatga, hamjihatlikka chorlab keladi. Obod maskanlar – farovon hayot garovi ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Institut hududi hamda unga tutash maydonlarda obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.



Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarda mehnatsevarlik, Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
