⚡️Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalari umumxalq hashari doirasida institut hududida faol ishtirok etishdi.
➡️Hashar davomida institut hududi obodonlashtirildi, atrof-muhit tozalandi, daraxtlarga suv quyildi va yashil maydonlar parvarish qilindi. Ushbu ezgu tashabbus jamoaning birdamligi, mehnatsevarligi hamda tabiatga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.
✔️Bunday tadbirlar nafaqat hududni yanada obod qilishga, balki yoshlar qalbida ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
