Ekofaol talabalar

Salomatlik va tabiat yo‘lida ezgu tashabbus

Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi volontyorlari va koordinatorlari tomonidan yana bir foydali va ibratli tashabbus amalga oshirilmoqda. Bu yerda parvarishlanayotgan rayhon nafaqat xushbo‘y hidi, balki inson salomatligi uchun nihoyatda foydali shifobaxsh xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Rayhon qadimdan xalq tabobatida qo‘llanib kelinayotgan tabiiy ne’matlardan biridir. U asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi hamda organizmga kuch va tetiklik bag‘ishlaydi. Shifobaxsh o‘simliklarga e’tibor qaratish — bu o‘z salomatligimizga e’tibor qaratish demakdir. Keling, tabiat ne’matlarini asraylik, ulardan oqilona foydalanaylik va sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda qadam

“Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Ichki ma’naviyatni yuksaltirish va ekologik fikrlashni shakllantirishga qaratilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi. 📣Mazkur tanlov yoshlar ongida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat hamda ichki ma’naviy poklik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ekologik muammolar, tabiatni asrash, inson va tabiat uyg‘unligi kabi dolzarb mavzularni badiiy ifoda etishdi. ➡️Ta’kidlash joizki, ushbu tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish yuzasidan tegishli buyruq qabul qilingan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishga xizmat

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Suvni birgalikda asraymiz” aksiyasi o‘tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi. 🙋‍♂️ Mazkur aksiya orqali yoshlar o‘rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash, isrofning oldini olish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga suvning hayotimizdagi beqiyos ahamiyati, global miqyosda suv tanqisligi muammosi hamda uni tejashning oddiy, ammo samarali usullari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar faol ishtirok etib, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni namoyon etdilar. Ushbu tashabbus yoshlar orasida ekologik ong va mas’uliyatni

Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShdan tashrif buyurgan 52 nafar xalqaro talabani qabul qildi

Buxoroga tashrif buyurgan AQShda tahsil olayotgan 52 nafar xalqaro talaba bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar institut faoliyati bilan tanishdi hamda ezgu niyatlar bilan institut hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi. Mazkur tashrif do‘stlik, hamkorlik va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tkazildi.

Umumxalq hasharida faol Ishtirok!

⚡️Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalari umumxalq hashari doirasida institut hududida faol ishtirok etishdi. ➡️Hashar davomida institut hududi obodonlashtirildi, atrof-muhit tozalandi, daraxtlarga suv quyildi va yashil maydonlar parvarish qilindi. Ushbu ezgu tashabbus jamoaning birdamligi, mehnatsevarligi hamda tabiatga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdi. ✔️Bunday tadbirlar nafaqat hududni yanada obod qilishga, balki yoshlar qalbida ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025–2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 32-bandi ijrosini taminlash maqsadidaBuxoro davlat tibbiyot institutida jamoatchilik asosida “ekovolontyor talabalar harakati” tashkil qilingan bo’lib, Institutda 2025-2026-o‘quv yilida ekologik tadbirlar – “Yashil hudud” yaratish, daraxt ekish, tozalash aksiyalari, ekologik marafonlar, eko festivallarni o‘tkazildi. umummilliy loyiha doirasida ekologik hasharlar, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari va talabalarning ekologik faolligi namoyon bo’lmoqda.Joriy yilning iyul oyidan boshlab doimiy ravishda har oyda bir marotaba

Talabalar Varnet botanika bog’iga safar qilishdi

Eko volontyorlar — bu atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim berish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritayotgan yoshlardir. Tashabbuskor, ijtimoiy faol, atrof-muhit va ekologiyaga befarq bo‘lmagan Buxoro davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 2-kurs talabalaridan tashkil topgan eko volontyor faol talabalar hayvonot va nabotot olamining parvarishi va ularni asrab-avaylashga hissa qo‘shish maqsadida Varnet botanika bog‘iga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, tabiatning ahamiyati haqida muhokama qilishdi. Har bir gulning, har bir daraxtning o‘ziga xos hikoyasi borligini

Butunjahon yer kuni

22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi.

Yashil makon

🖊Bugun Buxoro shahrimizda viloyat hokimi boshchiligida, shuningdek turli tashkilot rahbarlari, xodimlari birgalikda viloyatimiz bo‘ylab 🌿 «Yashil makon» aksiyasi doirasida turli xildagi manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tkazildi. #️⃣Mazkur eko aksiyada institutimiz rektori Sh.J.Teshayev, yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Murodov, Yoshlar Kengashi faollari hamda ko‘ngilli eko volontyorlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Amerikalik professorlar hasharda ishtirok etib, mevali daraxtlar ekishdi

Koʻngillarga xursandchilik olib kiradigan ishlardan biri – bu yurt obodligidir. Atrof-muhit ozoda, pokiza bolsa kayfiyat kotariladi, borliq jonlanadi, ruhiyating ham musaffolashadi. Buxoro davlat tibbiyot institutida hashar davomida maydonlar, yolak boylari tozalanmoqda, daraxtlar oqlanmoqda, ish joylari, sinf xonalari tartibga keltirilmoqda. Mazkur bahamjihatlik tadbiri viloyatimiz, vatanimiz obodligiga ayni hissa qo’shishdir. Mana uch kundirki Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan AQSHning Janubiy Karolina va Michigan tibbiyot universitetlari professorlari oliygohda bo’lib turishibdi.Bugun 18 mart, shanba kuni yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan umumxalq

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X