“Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Ichki ma’naviyatni yuksaltirish va ekologik fikrlashni shakllantirishga qaratilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

📣Mazkur tanlov yoshlar ongida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat hamda ichki ma’naviy poklik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ekologik muammolar, tabiatni asrash, inson va tabiat uyg‘unligi kabi dolzarb mavzularni badiiy ifoda etishdi.

➡️Ta’kidlash joizki, ushbu tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish yuzasidan tegishli buyruq qabul qilingan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

➡️Tanlov davomida eng faol va ijodkor talabalar rag‘batlantirildi hamda ularning ishlari keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bu esa talaba-yoshlarning nafaqat ijodiy salohiyatini, balki ekologik va ma’naviy dunyoqarashini ham rivojlantirishga zamin yaratadi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X