Buxoro davlat tibbiyot institutida “Suvni birgalikda asraymiz” aksiyasi o‘tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi.

🙋‍♂️ Mazkur aksiya orqali yoshlar o‘rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash, isrofning oldini olish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga suvning hayotimizdagi beqiyos ahamiyati, global miqyosda suv tanqisligi muammosi hamda uni tejashning oddiy, ammo samarali usullari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar faol ishtirok etib, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni namoyon etdilar.

Ushbu tashabbus yoshlar orasida ekologik ong va mas’uliyatni oshirish, sog‘lom va barqaror kelajakni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X