👩⚕️Ushbu ezgu tashabbus doirasida doktor Nikki Hafezi, doktor Sevara Tashmatova, tibbiyot fanlari nomzodi Nargiza Karimova hamda dotsent Yoqub Eronov tomonidan bolalarning sog‘lig‘i chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur tashrif bolalarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. 📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi. 🟢Fevral
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dorivor o‘simliklar haqida televideniyeda 20 martadan ortiq chiqishlar amalga oshirishdi.


