22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi.
Joriy yilning 4 aprel sanasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining psixologlari N.Tosheva va D.Qaxxorovalar tomonidan Tibbiyot fakulteti tyutorlari hamkorligida pediatriya yònalishi 137-guruh talabalariga «Stop stress»mavzusida tabiat qòynida psixologik trening tashkil etildi. Treningdan maqsad: jismoniy mashqlar orqali tanadagi kuch va energiyani tiklash, ongni tozalash mashqlari orqali stressni kamaytirish va yaxshi kayfiyatni saqlab qolishdan iborat.


