Yaxshidan bog’ qoladi, degan umrboqiy xalq naqli bor. Darhaqiqat, inson yangi bino rostlar ekan, tabiiyki bir dona bo’lsa ham umrboqiylikka daxldor bo’lish uchun ko’chat ekadi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Matluba Sanoyeva tashabbusi bilan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida institut hududiga 50 tup daraxt ko’chatlari o’tkazildi.
Ayni paytda BAAning Abu-Dabi universitetida 2023 UI GreenMetric World University Rankings Results and Awards bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir BAA bag‘rikenglik va tinch-totuv yashash masalalari bo‘yicha vaziri Shayx Nahayon bin Muborak Ol Nahayon nutqi bilan ochildi. Ta’kidlash joizki, mazkur reytingdan joy olgan Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro davlat universiteti bugun tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi. Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshaev va BuxDU rektori Obidjon Hamidov ham ishtirok etmoqda. UI GreenMetric World University Ranking nima? Indoneziya universiteti (UI) 2010 yilda kampus barqarorligi sa’y-harakatlarini o‘lchash uchun UI GreenMetric
Yaqinda Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha joriy yil reyting natijalari e’lon qilindi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida e’tirof etildi va dunyo universitetlari ichida 911-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatimizdagi tibbiyot universitetlari ichida 1-o‘rin hisoblanadi. Shu bilan birga «eng faol institut» nominatsiyada ham BuxDTI munosib e’tirof etildi. Bunda asosan institutning sifatli