Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalq tabobati taʼlim yoʼnalishi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar” haqidagi PQ-4668-son qaroriga asosan tashkil etilgan boʼlib, ushbu bakalavriyat taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilari aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy sanitar yordam koʼrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati usullarini oʼrganish va amaliyotda qoʼllashni oʼrgatishni oʼz ichiga oladi. Xalq tabobati mutaxassisi sogʼliqni saqlash tizimida, oilaviy poliklinikalarda, davlat byudjetidagi va