Xalq tabobati ta’lim yo’nalishi talabalari darslari va amaliyoti yangi kampusda

Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalq tabobati taʼlim yoʼnalishi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar” haqidagi PQ-4668-son qaroriga asosan tashkil etilgan boʼlib, ushbu bakalavriyat taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilari  aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy sanitar yordam koʼrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati usullarini oʼrganish va amaliyotda qoʼllashni oʼrgatishni oʼz ichiga oladi.

Xalq tabobati mutaxassisi sogʼliqni saqlash tizimida, oilaviy poliklinikalarda, davlat byudjetidagi va xususiy klinikalarda quydagilar bilan shugʼullanadilar: kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktikasida xalq tabobatining asosiy usullarini (fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot, sigun va boshqalar) qoʼllash hisoblanadi.

Bugungi kunda institutning yangi kampusi hududida 1,1 ga yer maydoniga Аbu Аli ibn Sino taʼlimoti asosida 17 turdagi dorivor oʼsimliklar yetishtirilmoqda. Ushbu yer maydonida talabalar uchun bevosita dars mashg’ulotlari va yozgi amaliyotlarini oʼtash yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi maydondan unumli foydalanish maqsadida Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar mutaxassislari bilan ham ilmiy ishlar olib borishmoqda.

Bizning SDG 4 dagi faoliyatimiz ushbu boshqa Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham bog’liqdir.