Ma’lumki mamlakatimizda oxirgi yillarda “yashil energiyani” joriy etish ko’lamini oshirish bo’yicha keng miqyosadigi sihlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot instituti ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlariga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.




Jumladan, “7. Arzon va toza energiya” maqsadi bo’yicha institutining yangi kampusida 2022 yil avgust oyida muqobil quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi 100 kVtli quyosh panellari o’rnatildi. Bugungi kunda quyosh panellarining 50 kVt 900 o‘rinli o‘quv binosi va 50 kVt klinika binosida uchun elektr energiya ishlab chiqarmoqda. Quyosh panellari hozirgi kunda bir oyda o‘rtacha 24 mln. so‘mlik elektr energiya ishlab chiqarsa, bir yilda 288 mln. so‘mlik elektr energiyani iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari talabalar turar joyi binolarida 200 litrli 20 dona quyosh suv isitish qurilmalari ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.




Bizning SDG 7 dagi ishimiz ushbu boshqa Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham bog’liqdir.