“Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish aksiyasi davom etmoqda

Xalqimizda azaldan koʼchat ekib, bogʼ yaratgan insonlar ulugʼlangan.  Har bir kishi bir tup koʼchat oʼtqazsa, undan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat koʼradi. Muborak hadisda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, oʼsha daraxtni ekkan kishining nomai aʼmoliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida oʼtirsa, ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qoʼyiladi.

Inson oʼz uyiga qanday eʼtibor bersa, atrofga ham shunday munosabatda boʼlishi shart. Chunki butun Yer yuzi insonlar uchun maskandir.

Ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro oʼz oʼrnini topishi kerakligi taʼkidlandi. Shunga koʼra institut talabalari ham shaharni obodonlashtirish maqsadida daraxt o’tqazish tadbirida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Bizning SDG 15 dagi faoliyatimiz ushbu boshqa Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham bog’liqdir.