Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi. Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk berishi barobarida, havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni shirin-sharbat mevalar bilan to‘ldiradi. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash,
2022 yil 7-8 oktabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “KIMYO VA TIBBIYOT: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHA” xalqaro ishtirok bilan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya doirasida quyidagi ilmiy yo’nalishlar muhokama qilindi. 1. Zamonaviy tadqiqotlar kontekstida kimyo va tibbiyot integratsiyasi masalalari 2. Biologik faol noorganik va kompleks birikmalar, biomarkerlarni yaratish va tadqiq qilish 3. Tabiiy va sintetik birikmalar asosida biologik faol birikmalarni sintez qilish va tadqiq qilish 4. Toksikologik kimyo, kimyoviy analiz, sud ekspertizasida kimyo 5. Tibbiyot ta’limida kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy chaqiriqlari