2022 yil 7-8 oktabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “KIMYO VA TIBBIYOT: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHA” xalqaro ishtirok bilan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya doirasida quyidagi ilmiy yo’nalishlar muhokama qilindi.



1. Zamonaviy tadqiqotlar kontekstida kimyo va tibbiyot integratsiyasi masalalari
2. Biologik faol noorganik va kompleks birikmalar, biomarkerlarni yaratish va tadqiq qilish
3. Tabiiy va sintetik birikmalar asosida biologik faol birikmalarni sintez qilish va tadqiq qilish
4. Toksikologik kimyo, kimyoviy analiz, sud ekspertizasida kimyo
5. Tibbiyot ta’limida kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy chaqiriqlari



Shunisi e’tiborga loyiqki, konferensiya tibbiyot va kimyoning integratsiyasiga bag’ishlangan bo’lishi bilan olimlar va yosh tadqiqotchilar “Yashil kimyo”, qayta ishlanadigan tabiiy birikmalar, chiqindisiz texnologiyalarga ham alohida e’tibor berishdi.
https://bsmi.uz/uz/events/kimyo-va-tibbiyot-nazariyadan-amaliyotgacha-ilmiy-amaliy-konferensiya/