Fan

Startap loyiha

Zoologik eksponatlarni to‘plash, saqlash, to‘ldirish, muhofaza qilish va xorijiy turizmni rivojlantirish maqsadida milliy ko‘rgazma zoo-muzeyini tashkil etish. Qo’llash sohasi: Maktab, kollej, ta’lim va sayyohlik hududlari. Ushbu startap loyihasi 2024-2027 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Startap loyiha

Fan ta’lim tizimida talabalar uchun ko’rgazmali vosita sifatida foydalanish uchun DNK modelini ishga tushirish. Qo’llash sohasi: maktab, o’rta maktab, kollej, oliy ta’lim. Ushbu startap loyihasi 2024 yilda amalga oshiriladi.

“Yashil kimyo” olimlar e’tiborida

2022 yil 7-8 oktabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “KIMYO VA TIBBIYOT: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHA” xalqaro ishtirok bilan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya doirasida quyidagi ilmiy yo’nalishlar muhokama qilindi. 1. Zamonaviy tadqiqotlar kontekstida kimyo va tibbiyot integratsiyasi masalalari 2. Biologik faol noorganik va kompleks birikmalar, biomarkerlarni yaratish va tadqiq qilish 3. Tabiiy va sintetik birikmalar asosida biologik faol birikmalarni sintez qilish va tadqiq qilish 4. Toksikologik kimyo, kimyoviy analiz, sud ekspertizasida kimyo 5. Tibbiyot ta’limida kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy chaqiriqlari