Monthly Archives: Aprel 2026

🌿 Ma’naviyat bog‘i — obodlik va go‘zallik maskani

Institut yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova boshchiligidagi bir guruh tyutor-murabbiylar tomonidan institut hududidagi Ma’naviyat bog‘ida manzarali gullar ekish ishlari amalga oshirildi. Ushbu tashabbus nafaqat hududni yanada ko‘rkamlashtirish, balki talabalar orasida tabiatga hurmat va obodonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bog‘ni obod va go‘zal saqlash esa har birimizdan mas’uliyat talab etadi. Atrof-muhitni asrash va uni yanada go‘zal qilish barchamizning umumiy burchimiz ekani alohida ta’kidlandi. Bunday ezgu ishlar talaba-yoshlar va institut jamoasining kayfiyatiga iliq ta’sir ko‘rsatib, ularni

18-aprel – Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar kuni

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 18-aprel kuni Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar kuni nishonlanadi. Bu bayram joriy yilda 40-marta nishonlanmoqda. 1982-yilda ushbu kunni o‘tkazish g‘oyasi Yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar masalalari bo‘yicha xalqaro kengash (ICOMOS) tomonidan ilgari surilgan.Bir yil o‘tgach, ushbu taklif YUNESKO tomonidan ma’qullangan.

“Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Ichki ma’naviyatni yuksaltirish va ekologik fikrlashni shakllantirishga qaratilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi. 📣Mazkur tanlov yoshlar ongida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat hamda ichki ma’naviy poklik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ekologik muammolar, tabiatni asrash, inson va tabiat uyg‘unligi kabi dolzarb mavzularni badiiy ifoda etishdi. ➡️Ta’kidlash joizki, ushbu tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish yuzasidan tegishli buyruq qabul qilingan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etishga xizmat

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Suvni birgalikda asraymiz” aksiyasi o‘tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi. 🙋‍♂️ Mazkur aksiya orqali yoshlar o‘rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash, isrofning oldini olish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga suvning hayotimizdagi beqiyos ahamiyati, global miqyosda suv tanqisligi muammosi hamda uni tejashning oddiy, ammo samarali usullari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar faol ishtirok etib, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni namoyon etdilar. Ushbu tashabbus yoshlar orasida ekologik ong va mas’uliyatni

“Yashil makon” doirasida Buxoroda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida Buxoro viloyati vakillari ham faol qatnashdi. Mazkur jarayon hududda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida Buxoroda viloyat hokimligi bog‘i tashkil etildi. Ushbu bog‘ hududda yangi yashil maskan sifatida shakllanib, aholining dam olishi hamda ekologik

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X