Monthly Archives: Mart 2026

Buxoro davlat tibbiyot instituti AQShdan tashrif buyurgan 52 nafar xalqaro talabani qabul qildi

Buxoroga tashrif buyurgan AQShda tahsil olayotgan 52 nafar xalqaro talaba bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar institut faoliyati bilan tanishdi hamda ezgu niyatlar bilan institut hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi. Mazkur tashrif do‘stlik, hamkorlik va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tkazildi.

📘 🌱 Umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida turli tashkilot va muassasalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Mazkur ezgu tadbirda jamoalar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga hissa qo‘shmoqda. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh binosi hududida ham hashar ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Tadbir davomida institut hududi va uning atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar jarayonida xodimlar tomonidan hududlarda to‘planib qolgan begona

Joriy yilning 13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu ezgu an’ana nafaqat belgilangan kunlarda, balki yil davomida barchani yakdillikka, mehr-oqibatga, hamjihatlikka chorlab keladi. Obod maskanlar – farovon hayot garovi ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Institut hududi hamda unga tutash maydonlarda obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarda mehnatsevarlik, Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Umumxalq hasharida faol Ishtirok!

⚡️Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalari umumxalq hashari doirasida institut hududida faol ishtirok etishdi. ➡️Hashar davomida institut hududi obodonlashtirildi, atrof-muhit tozalandi, daraxtlarga suv quyildi va yashil maydonlar parvarish qilindi. Ushbu ezgu tashabbus jamoaning birdamligi, mehnatsevarligi hamda tabiatga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdi. ✔️Bunday tadbirlar nafaqat hududni yanada obod qilishga, balki yoshlar qalbida ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X