Monthly Archives: Oktabr 2023

«XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari» ilmiy amaliy konferensiya

26-28-oktyabr kunlari buyuk mutaffakir va alloma dunyoga «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sino faoliyatiga bag‘ishlangan «Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya» mavzusidagi XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari-ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Nufuzli anjumanda qatnashish uchun 12 ta davlatdan  kelgan 60 ga yaqin olimlar, xalqaro ekspertlar, doktorantlar bir so‘z bilan aytganda  ilm ahli ayni damda buyuk zakiy tug‘ilib o‘sgan yurt Buxoro shahriga yetib kelishdi. Ayni damda Xalqaro tadbir ishtirokchilari  Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan  tantanali ravishda kutib olindi.

🏢Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekishga yerlarni tayyorlash ishlari boshlandi.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berilib, mamlakatimizda 25 oktabrdan 1-dekabrgacha 85 million ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Umummilliy harakatga aylangan ushbu xayirli tadbirlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu yil ham, o‘tgan yildan farqli o‘laroq yanada kattaroq ulush qo‘shish maqsadida institut jamoasi kengroq hajmda daraxt va buta ko‘chatlari ekish mo‘ljallandi. Xususan, bugun rektor Shuxrat Teshayev boshchiligida institut xodimlari ishtirokida oliygoh maydonlarida

Startap loyiha

Zoologik eksponatlarni to‘plash, saqlash, to‘ldirish, muhofaza qilish va xorijiy turizmni rivojlantirish maqsadida milliy ko‘rgazma zoo-muzeyini tashkil etish. Qo’llash sohasi: Maktab, kollej, ta’lim va sayyohlik hududlari. Ushbu startap loyihasi 2024-2027 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Startap loyiha

Fan ta’lim tizimida talabalar uchun ko’rgazmali vosita sifatida foydalanish uchun DNK modelini ishga tushirish. Qo’llash sohasi: maktab, o’rta maktab, kollej, oliy ta’lim. Ushbu startap loyihasi 2024 yilda amalga oshiriladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan bilimga chanqoq, zukko  talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan «Zukko kitobxon» intellektual o’yinining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi.

O’yinda Buxoro davlat tibbiyot institutining iqtidorli hamda bilimga chanqoq talaba-yoshlari ishtirok etdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarning natijalari bilan tanishing: 1-oʻrin: «Intellekt-2» jamoasi.2-oʻrin: «Dream team» jamoasi.3-oʻrin: «Opengeymer» jamoasi. 3 ta tur natijasida eng yaxshi natija koʻrsatgan 5 jamoa 17-noyabr «Xalqaro talabalar kuni» munosabati bilan tashkil etiladigan rektor kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 2-tur oʻyinlari 3.11.2023 sanasida boʻlib oʻtadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati:«Dunyoning ishlari». Oʻtkir Hoshimov.«Chol va dengiz». Ernest Xeminguey.

«Abu Ali Ibn Sino va sivilizatsiya»mavzusidagi xalqaro anjuman

Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakulteti farmatsiya yoʻnalishi talabalari «Abu Ali Ibn Sino va sivilizatsiya»mavzusidagi xalqaro anjumanida qanshib tadbirkor ishtirokchilarning dorivor va xalq tabobati vositalari giyohlarini yaqindan tanishib o’rgandilar. Yoshlar masalalari ma’naviyat ma’rifat bo’limi.

Hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Ayni paytda institutda o’tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida yurtimizda mehmon bo’lib turgan qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkor shartnomalari imzolanmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Baxcheshexir universiteti bilan memorandum imzolandi. Hamkorlikka ko’ra, talabalar almashinuvi, professor o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonlaridagi almashuvlarni joriy qilish; Ikki muassasa o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, qo’shma ta’lim dasturlar to’g’risida shartnomalar asosida memorandum imzolandi.

Chegarasiz hamdōstlik

Kecha O’zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tashkil etilgan, Fanlar akademiyasining 80 yilligi, akademik Tamara Aripovaning 70 yilligiga baĝishlangan Orfan kasalliklarini davolash va diagnostikasi bōyicha ikkinchi Yevroosiyo forumi Chegarasiz hamdōstlik «InterContinental» mehmonxonasida ōz ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda professor-o’qituvchilar Nekqadam Nuraliyev, Ma’mur Abdurahmonov hamda Nigina Hikmatova ishtirok etishdi.

Institutda hindistonlik talabalar o’z bayramini nishonlashdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 10dan ortiq xorijiy davlatlardan talabalar kelib tahsil olishmoqda. Ayniqsa mingdan ortiq hindistonlik yoshlar Buxoroga kelib tahsil olayotgani ham oliygohning xalaqro darajadagio o’rnini mustahkamlashga hissa qo’shib kelmoqda. Hind millatiga mansub yoshlar o’zlarining qadimiy go’zal an’analari, milliy bayram va marosimlarini mamlakatimizda ham o’tkazib kelishadi.Kuni kecha ular o’zlarining qadimiy bayrami – Maha Navami bayramini nishonlashdi. Bu marosim shuningdek, Durga Navami deb ham ataladi.Janubiy Hindistondagi shtatlarda Maha Navami Ayudha Puja yoki Astra Puja sifatida ham

“Zakovat”

Buxoro davlat tibbiyot instituti turkiya tibbiyot fakulteti talabalari yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinlarda faol ishtirok etdilar. Yoshlar masalalari ma’naviyat va ma’rifat ishlari.