Monthly Archives: Oktabr 2023

Ichki turizmni oshirish

Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti 3-kurs SPB GPMU-21 guruh talabalari bilan birgalikda ichki turizmni oshirish maqsadida Warnet bog’iga tashrif uyushtirildi.

«Yashil makon»

Buxoro shahrimizda viloyat hokimi boshchiligida, shuningdek turli tashkilot rahbarlari, xodimlari birgalikda viloyatimiz bo‘ylab 🌿 «Yashil makon» aksiyasi doirasida turli xildagi manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tkazildi. Mazkur eko aksiyada institutimiz rektori Sh.J.Teshayev, yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Murodov, Yoshlar Kengashi faollari hamda ko‘ngilli eko volontyorlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Yashil makon

🖊Bugun Buxoro shahrimizda viloyat hokimi boshchiligida, shuningdek turli tashkilot rahbarlari, xodimlari birgalikda viloyatimiz bo‘ylab 🌿 «Yashil makon» aksiyasi doirasida turli xildagi manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tkazildi. #️⃣Mazkur eko aksiyada institutimiz rektori Sh.J.Teshayev, yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Murodov, Yoshlar Kengashi faollari hamda ko‘ngilli eko volontyorlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Italiyalik mehmonlar tashrifi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Italiyaning Milan shahridagi Vita-Salute San Raffaello universiteti professori taniqli ortoped olim doktor Alberto Belluati va uning jamoasi tashrif buuyurdi. Ta’kidlash joizki, mazkur universitet QS reytingida dunyoda 598-o’rinni band etgan bo’lib, tibbiy biologiya bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Italiyalik mehmonlar institut rektori professor Shuhrat Teshayev hamrohligida axborot resurs markazi, Sumulyasiya markazi hamda zamonaviy klinikaning imkoniyatlari bilan tanishishdi.Institut rahbariyati ayni paytda mehmonlar bilan kelgusida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masaдalarini muhokama

Oliy Majlis deputati institutga keldi

Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan «Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: hududlarda qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak-qon tomir patologiyalarida yordam ko‘rsatish masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Mazkur anjuman ishtirokchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, deputat Borisova Yelena Mixaylovna institutga tashrif buyurdi. Mehmonni institut rektori Shuhrat Teshayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, prorektorlar kutib olib, institutning axborot resurs markazi, Simulyasiya markazi hamda zamonaviy klinika bilan tanishtirishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida «Qizlar-millat tayanchi» mavzusidagi «Qizlar ovozi forumi» tadbiri o’z nihoyasiga yetdi.

11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan na’munali xulqi, ilmga chanqoqligi jamoat ishlarida faolligi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish yo’lidagi o’zining alohida tashabbuskorligi va fidoiyligi uchun bir guruh talaba qizlar institut tashakkurnomasi hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirni yuqori darajada tashkil etilganligi uchun Manaviyat – ma’rifat markazi Qizlarjon kutubxonasiga kitoblar to’plamini sovg’a qilishdi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutiga Lazareva Larisa Anatolyevna Murmansk shahridagi «Rossiya temir yo’llari-tibbiyot» xususiy sog’liqni saqlash muassasasi bosh shifokori, Olga Yuryevna Ulyanova Tver shahrining «RZD-Medicine» klinik shifoxonasi bosh shifokori, Gromov Pyotr Vladimirovich Sankt-Peterburgning «RZD-Medicine» klinik kasalxonasi direktori tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif davomida Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot resurs markazida,   Simulyatsiya o’quv markazida, zamonaviy  klinikada bo’lishdi va yaratilgan imkoniyatlar bilan  tanishib chiqishdi. Muassasalar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X