Avval xabar berilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi. Shunga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga ham viloyatdan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va boshqa turdagi yoshlardan 38 nafari bririktirilgan edi. Mazkur topshiriq yuzasidan institut rektori Sh.Teshayev, prorektor Z.Baxranova hamda professor-o‘qituvchilarijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda. Bugun 20 may
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish»ga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishida yoshlar muammolariga alohida e’tibor qaratilayotgani, uyushmagan yoshlar soni yildan yilga tobora ortib borayotgani amaldagi mavjud qonunchilik va uni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish orqali yoshlar masalalariga oid qonunchilik normalarini takomillashtirishni, xususan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunida «uyushmagan yoshlar» tushunchasiga ta’rif berish hamda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini shakllantirish lozimligini taqozo etmoqda. Prezidentimizning Yoshlarga oid siyosati ham aynan mana shunday omillarni o’z ichiga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o’ziga biriktirilgan mahallalarda muntazam yoshlar qabuli, tibbiy ko’rik kabi tadbirlar o’tkazib kelmoqda. Kuni kecha institutning Davolash fakulteti talabalari va rahbariyati Buxoro shahridagi boquvchisini yo’qotgan va ehtiyojmand insonlar holidan xabar olishdi.Sog’lig’i bilan bog’liq muammolari bor insonlarga tibbiy ko’rik va davolanish uchun mutaxassislar tashkillashtirib berilishini ma’lum qilishdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga xizmat safari davom etmoqda. Vakillarimiz dastlabki muloqotni dunyoning eng nufuzli va qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Garvard universiteti rahbariyati bilan o‘tkazdi. Aytish joizki, Massachusets shtatida joylashgan mazkur muassasaga 1636 yilda asos solingan. Bu yerda 21 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Xususan, universitetning Boston shahridagi Garvard tibbiyot maktabida sog‘liqni saqlash sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu muassasa bitiruvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori, AQShning 8 nafar prezidenti chiqqan. Uchrashuvda mazkur
Institutda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar mavsumi davom etmoqda. Hafta boshida Akusherik va ginekologiya sohasida nufuzli ilmiy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, kecha «Современные аспекты инноваций в радиологии. Настоящее и будущее» (“Radiologiyada zamonaviy innovatsiyalarning o‘rni. Bugun va kelajak”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mahalliy olimlarimiz bilan birga Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan hamda mamlakatimizdan radiologlar jamiyatlari vakillari, respublikamiz hamda qator xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Kirish so‘zi bilan chiqish qilgan institut rektori Shuxrat Teshayev o‘z nutqida,