Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutiga Lazareva Larisa Anatolyevna Murmansk shahridagi «Rossiya temir yo’llari-tibbiyot» xususiy sog’liqni saqlash muassasasi bosh shifokori, Olga Yuryevna Ulyanova Tver shahrining «RZD-Medicine» klinik shifoxonasi bosh shifokori, Gromov Pyotr Vladimirovich Sankt-Peterburgning «RZD-Medicine» klinik kasalxonasi direktori tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif davomida Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot resurs markazida,   Simulyatsiya o’quv markazida, zamonaviy  klinikada bo’lishdi va yaratilgan imkoniyatlar bilan  tanishib chiqishdi. Muassasalar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.