Yashil enegiya barqaror quvvat garovi

Buxoro davlat tibiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida institut hovlisi va zamonaviy klinikasining tom qismida quyosh panellari o’rnatilgan.

Institutda jami reja bo‘yicha avvaliga 250 kvt/s keyin esa qo’shimcha yana 100 kVt/s quyosh panellari to‘liq o‘rnatildi.

O‘rnatilgan quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyati ham mavjud bo‘lmoqda.

Kelgyusida bu rejalar yana oshishi kutilmoqda.