Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tash uchun keldi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.

2022 yilning 6 may kuni bu davlatning Degu Xaani universiteti ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Bugun 10 iyul kuni Degu Xani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni qabl qilgan institut rekktori Shuhrat Teshayev uch hafta davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalq tabobati yo‘nalishida tashkil etilgan yozgi maktabda tahsil olish hamda malakali amaliyot o’tash uchun Buxoroda zarur imkoniyatlar ochiqligini ta’kidladi.

Shuningdek, rektorning ta’kidlashicha Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalarini hamda professor -o‘qituvchilarini ham mazkur universitetga akademik mobillik dasturi doirasida yuborilishi kutilmoqda.