Institutida jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan

Abu Ali ibn  SIno nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida jismoniy imkoniyati cheklangan yoki nogironligi bo’lgan insonlar harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, bosh binoga kirish uchun maxsus nogironlik aravachasi uchun mo’ljallangan maxsus tashqi lift, 

Talabalar turar joylarida ham shunday aravachada harakatlanadigan kishilar uchun maxsus kirish-chiqish yo’lagi, hamda birinchi qavatda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yashash xonalar va tegishli sharoitlar tayyorlangan.