Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro Turkiya fakulteti bitiruvchilarining bitiruv oqshomi marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Marosimda Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Sog‘liq bilimlari universiteti rektori professor Javdat Erdol, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i O‘ktam Ismailov va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etmoqda.