Institutda hindistonlik talabalar o’z bayramini nishonlashdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 10dan ortiq xorijiy davlatlardan talabalar kelib tahsil olishmoqda. Ayniqsa mingdan ortiq hindistonlik yoshlar Buxoroga kelib tahsil olayotgani ham oliygohning xalaqro darajadagio o’rnini mustahkamlashga hissa qo’shib kelmoqda.

Hind millatiga mansub yoshlar o’zlarining qadimiy go’zal an’analari, milliy bayram va marosimlarini mamlakatimizda ham o’tkazib kelishadi.
Kuni kecha ular o’zlarining qadimiy bayrami – Maha Navami bayramini nishonlashdi. Bu marosim shuningdek, Durga Navami deb ham ataladi.
Janubiy Hindistondagi shtatlarda Maha Navami Ayudha Puja yoki Astra Puja sifatida ham nishonlanadi.

Festivalning kelib chiqishi ma’buda Durga va jin Mahishasura o’rtasidagi afsonaviy jangda yotadi. Bu, shuningdek, atrofimizdagi dunyoda, shuningdek, hamma joyda odamlarning qalbi va ongida sodir bo’layotgan yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurashning ramzidir.

Ta’kidlash joizki, Buxoro davlat tibbiyot institutida tehsil olayotgan turli millat va elat vakillariga o’z an’ana va marosimlari, milliy hamda davlat bayramlarini nishonlashga yetarli sharoitlar yaratib beriladi.