Chegarasiz hamdōstlik

Kecha O’zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tashkil etilgan, Fanlar akademiyasining 80 yilligi, akademik Tamara Aripovaning 70 yilligiga baĝishlangan Orfan kasalliklarini davolash va diagnostikasi bōyicha ikkinchi Yevroosiyo forumi Chegarasiz hamdōstlik «InterContinental» mehmonxonasida ōz ishini boshladi.

Mazkur xalqaro tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda professor-o’qituvchilar Nekqadam Nuraliyev, Ma’mur Abdurahmonov hamda Nigina Hikmatova ishtirok etishdi.