Ayni paytda institutda o’tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida yurtimizda mehmon bo’lib turgan qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkor shartnomalari imzolanmoqda.


Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Baxcheshexir universiteti bilan memorandum imzolandi.
Hamkorlikka ko’ra, talabalar almashinuvi, professor o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonlaridagi almashuvlarni joriy qilish; Ikki muassasa o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, qo’shma ta’lim dasturlar to’g’risida shartnomalar asosida memorandum imzolandi.

