🌿 Ma’naviyat bog‘i — obodlik va go‘zallik maskani

Institut yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova boshchiligidagi bir guruh tyutor-murabbiylar tomonidan institut hududidagi Ma’naviyat bog‘ida manzarali gullar ekish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu tashabbus nafaqat hududni yanada ko‘rkamlashtirish, balki talabalar orasida tabiatga hurmat va obodonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bog‘ni obod va go‘zal saqlash esa har birimizdan mas’uliyat talab etadi.

Atrof-muhitni asrash va uni yanada go‘zal qilish barchamizning umumiy burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.

Bunday ezgu ishlar talaba-yoshlar va institut jamoasining kayfiyatiga iliq ta’sir ko‘rsatib, ularni yanada faollikka va birdamlikka chorlamoqda. Ma’naviyat bog‘i esa bugun nafaqat dam olish maskani, balki yaxshi kayfiyat va ijobiy muhit manbaiga aylanib bormoqda.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X