Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi volontyorlari va koordinatorlari tomonidan yana bir foydali va ibratli tashabbus amalga oshirilmoqda.
Bu yerda parvarishlanayotgan rayhon nafaqat xushbo‘y hidi, balki inson salomatligi uchun nihoyatda foydali shifobaxsh xususiyatlari bilan ham qadrlanadi.
Rayhon qadimdan xalq tabobatida qo‘llanib kelinayotgan tabiiy ne’matlardan biridir. U asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi hamda organizmga kuch va tetiklik bag‘ishlaydi.

Shifobaxsh o‘simliklarga e’tibor qaratish — bu o‘z salomatligimizga e’tibor qaratish demakdir.
Keling, tabiat ne’matlarini asraylik, ulardan oqilona foydalanaylik va sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda qadam tashlaylik! 🌿💚
