Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi. Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk berishi barobarida, havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni shirin-sharbat mevalar bilan to‘ldiradi.
![](https://green.bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/01/yashil-makon8.jpg)
![](https://green.bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/01/yashil-makon9.jpg)
Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.
![](https://green.bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/01/yashil-makon10.jpg)
Institut professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ham “Yurtimizni obod va yashil рududga aylantiramiz!” shiori ostida Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi kampusi hududida daraxt ekish aksiyasida o‘z hissalarini qo‘shdilar.
![](https://green.bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/01/yashil-makon11.jpg)
![](https://green.bsmi.uz/wp-content/uploads/2023/01/yashil-makon12.jpg)
Bizning SDG 15 dagi faoliyatimiz ushbu boshqa Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham bog’liqdir.