Hammaga ma’lumki, tabiatimizni asrash va yashil olamni ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish oyligi boshlangan edi. Mazkur loyiha doirasida joylarda yashil maydonlarni ko‘paytirish, hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari va tadbirlari tashkil etish maqsad qilindi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali har yili daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.
Mana shunday loyiha doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyo instituti jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shish maqsadida joriy yilning 2022 yilning 8 noyabr kuni institutning yangi binosi hududida “Yashil makon” umumjamoaviy harakatini boshladi. Institut rektori professor Sh.J.Teshaev boshchiligida rahbariyat vakillari va kafedra professor-o‘qituvchilari birgalikda kamarbasta bo‘lib, yangi bino hududi atrofida yaxshi niyatlar bilan yangi ko‘chatlar o‘tkazishdi. Ushbu ko‘chatlarning kelajakda ko‘karib, institut hududining “Yashil hudud”ga aylanishiga, havosining tozalanishiga hamda o‘qituvchi va talabalar uchun yashil tabiatdan baxramand bo‘lishlariga umid qilishdi. Mehnat jamoasining birgalikdagi say-harakatlari sababli ko‘plab daraxt nihollari va gullar ekildi.
Bunday tadbirlarning ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi va ko‘chat ekishda mehnat jamoasining birgalikda jonbozlik ko‘rsatishi professor-o‘qituvchilarimizning xalqimizda qadrlanadigan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida hamjihatliligi hamda faol qo‘shgan hissasi deb bilamiz.
Bizning SDG 15 dagi faoliyatimiz ushbu boshqa Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham bog’liqdir.