Ayni paytda BAAning Abu-Dabi universitetida 2023 UI GreenMetric World University Rankings Results and Awards bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir BAA bag‘rikenglik va tinch-totuv yashash masalalari bo‘yicha vaziri Shayx Nahayon bin Muborak Ol Nahayon nutqi bilan ochildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur reytingdan joy olgan Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro davlat universiteti bugun tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.
Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshaev va BuxDU rektori Obidjon Hamidov ham ishtirok etmoqda.
UI GreenMetric World University Ranking nima?
Indoneziya universiteti (UI) 2010 yilda kampus barqarorligi sa’y-harakatlarini o‘lchash uchun UI GreenMetric World University Ranking deb nomlanuvchi jahon universitetlari reytingini boshlagan.
U butun dunyo bo‘ylab universitetlar barqarorlik siyosati va dasturlarini ko‘rsatsh uchun yaratilgan onlayn so‘rovnoma hisoblanadi.
Biz reytingni atrof-muhit, iqtisod va tenglik tushunchalari asosiga yaratdik. Reyting ko‘rsatkichlari va toifalari hamma uchun mos bo‘lishi uchun mo‘ljallangan. UI GreenMetric World University Rankingning 2010 yil versiyasida 35 mamlakatdan 95 ta universitet ishtirok etgan edi.
Jumladan, Amerikadan 18 ta, Yevropadan 35 ta, Osiyodan 40 ta va Avstraliyadan 2 ta universitet.
2022 yilda dunyoning 85 mamlakatidan 1050 ta universitet ishtirok etdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, UI GreenMetric barqarorlik bo‘yicha birinchi jahon universitetlari reytingi sifatida tan olingan.
Mazkur reytingda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2022 yilda 924-o‘rinni egallagan edi.