Ayni paytda Buxoro shahridagi «Bolalar muruvvat uyi»da nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tibbiy ko‘rik ishlari olib borilmoqda.

👩‍⚕️Ushbu ezgu tashabbus doirasida doktor Nikki Hafezi, doktor Sevara Tashmatova, tibbiyot fanlari nomzodi Nargiza Karimova hamda dotsent Yoqub Eronov tomonidan bolalarning sog‘lig‘i chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur tashrif bolalarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X