Har yili 5 iyun sanasida nishonlanadigan Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun jahon hamjamiyatining e’tiborini ekologik muammolarga qaratishga xizmat qiladi. Ushbu sana 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda o‘tkazilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha konferensiya rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar sababli dunyoda kamida 5,5 million kishi vafot etadi.
