Eko volontyorlar — bu atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim berish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritayotgan yoshlardir.
Tashabbuskor, ijtimoiy faol, atrof-muhit va ekologiyaga befarq bo‘lmagan Buxoro davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 2-kurs talabalaridan tashkil topgan eko volontyor faol talabalar hayvonot va nabotot olamining parvarishi va ularni asrab-avaylashga hissa qo‘shish maqsadida Varnet botanika bog‘iga tashrif buyurishdi.





Tashrif davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, tabiatning ahamiyati haqida muhokama qilishdi. Har bir gulning, har bir daraxtning o‘ziga xos hikoyasi borligini tushunishdi.
Botanika bog‘ida o‘tkazilgan ushbu sayohat talabalar uchun unutilmas kun bo‘ldi. Varnet esa tabiatni sevuvchilar uchun yangi bilimlar olish imkonini berdi.




