Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025–2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 32-bandi ijrosini taminlash maqsadida
Buxoro davlat tibbiyot institutida jamoatchilik asosida “ekovolontyor talabalar harakati” tashkil qilingan bo’lib, Institutda 2025-2026-o‘quv yilida ekologik tadbirlar – “Yashil hudud” yaratish, daraxt ekish, tozalash aksiyalari, ekologik marafonlar, eko festivallarni o‘tkazildi. umummilliy loyiha doirasida ekologik hasharlar, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari va talabalarning ekologik faolligi namoyon bo’lmoqda.
Joriy yilning iyul oyidan boshlab doimiy ravishda har oyda bir marotaba institut hududida joylashgan mahallalarda “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, “Xonadonim, Vatanim obodligi, ekologiya va atrof muhit musaffoligi – sog‘lom kelajagimiz garovi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil qilib kelinmoqda.



