➡️ Hashar – xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassamdir.
🔗 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga qarashli Jo‘yzar sogʻlomlashtirish markazida institutning professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda ko‘ngilli talabalari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq hasharida faol ishtirok etishmoqda.
✅ Hashar doirasida hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, bu orqali atrof-muhitni yanada sog‘lomlashtirish va jamiyatda ekologik madaniyatni oshirishga hissa qo‘shilmoqda.
🛠 Ishlar davom etadi — obod mahalla, sog‘lom jamiyat sari!
