Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida Kimyo xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro Erasmus+ dasturi 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining dastlabki uchrashuv seminari bo’lib o’tdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot institudan Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyazov, Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti K.Abdullayeva, Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti U.Gapurov hamda Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Z. Narzullayeva qatnashishdi.
Ushbu loyiha 2023-2025 yillarga moliyalashtirishga tavsiya etilgan bo’lib loyiha qiymati 471 ming yevroni tashkil etadi.
Loyihadagi hamkor universitetlar:
- Andijon mashinasozlik instituti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Buxoro muhandislik texnologiyalar instituti
- Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
- Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
- Riga texnika universiteti – RTU (Latviya)
- Vilnius texnika universiteti – VILNIUSTECH (Litva)
Ushbu lohiya koordinatori sifatida insitutimizdan o’quv ishlari bo’yicha prorektor G. Jarilkasinova bo’lib, loyihaning maqsadi diagnostika, davolash va reabilitatsiya jarayonlarida qo’llaniladigan asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va texnologiyalarni ishlab chiqaradigan, boshqaradigan va ularga xizmat ko’rsatadigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.