Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025–2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 32-bandi ijrosini taminlash maqsadidaBuxoro davlat tibbiyot institutida jamoatchilik asosida “ekovolontyor talabalar harakati” tashkil qilingan bo’lib, Institutda 2025-2026-o‘quv yilida ekologik tadbirlar – “Yashil hudud” yaratish, daraxt ekish, tozalash aksiyalari, ekologik marafonlar, eko festivallarni o‘tkazildi. umummilliy loyiha doirasida ekologik hasharlar, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari va talabalarning ekologik faolligi namoyon bo’lmoqda.Joriy yilning iyul oyidan boshlab doimiy ravishda har oyda bir marotaba
Eko volontyorlar — bu atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim berish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritayotgan yoshlardir. Tashabbuskor, ijtimoiy faol, atrof-muhit va ekologiyaga befarq bo‘lmagan Buxoro davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 2-kurs talabalaridan tashkil topgan eko volontyor faol talabalar hayvonot va nabotot olamining parvarishi va ularni asrab-avaylashga hissa qo‘shish maqsadida Varnet botanika bog‘iga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, tabiatning ahamiyati haqida muhokama qilishdi. Har bir gulning, har bir daraxtning o‘ziga xos hikoyasi borligini
Ma’lumotlarga ko‘ra, polietilen yoki plastik paketlar tabiiy sharoitda 100 yildan 200 yilgacha chirimas ekan. Tinch okeanidagi suv hayvonlarining 35 foizining oshqozonida plastmassa mikrozarrachalari borligi aniqlangan. Suv va tuproqning plastik chiqindilar bilan ifloslanishi bugungi kunda jahonda dolzarb muammoga aylangan. Odamlar e’tiborini ushbu muammoga qaratish maqsadida har yili 3 iyul kuni Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni sifatida nishonlanadi.
Har yili 5 iyun sanasida nishonlanadigan Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun jahon hamjamiyatining e’tiborini ekologik muammolarga qaratishga xizmat qiladi. Ushbu sana 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda o‘tkazilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha konferensiya rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar sababli dunyoda kamida 5,5 million kishi vafot etadi.
👩⚕️Ushbu ezgu tashabbus doirasida doktor Nikki Hafezi, doktor Sevara Tashmatova, tibbiyot fanlari nomzodi Nargiza Karimova hamda dotsent Yoqub Eronov tomonidan bolalarning sog‘lig‘i chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur tashrif bolalarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. 📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi. 🟢Fevral
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dorivor o‘simliklar haqida televideniyeda 20 martadan ortiq chiqishlar amalga oshirishdi.
22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi.
Joriy yilning 4 aprel sanasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining psixologlari N.Tosheva va D.Qaxxorovalar tomonidan Tibbiyot fakulteti tyutorlari hamkorligida pediatriya yònalishi 137-guruh talabalariga «Stop stress»mavzusida tabiat qòynida psixologik trening tashkil etildi. Treningdan maqsad: jismoniy mashqlar orqali tanadagi kuch va energiyani tiklash, ongni tozalash mashqlari orqali stressni kamaytirish va yaxshi kayfiyatni saqlab qolishdan iborat.








