Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi. Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk berishi barobarida, havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni shirin-sharbat mevalar bilan to‘ldiradi. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash,
