admin

About admin

This author admin has created 202 entries.

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutiga Lazareva Larisa Anatolyevna Murmansk shahridagi «Rossiya temir yo’llari-tibbiyot» xususiy sog’liqni saqlash muassasasi bosh shifokori, Olga Yuryevna Ulyanova Tver shahrining «RZD-Medicine» klinik shifoxonasi bosh shifokori, Gromov Pyotr Vladimirovich Sankt-Peterburgning «RZD-Medicine» klinik kasalxonasi direktori tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif davomida Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot resurs markazida,   Simulyatsiya o’quv markazida, zamonaviy  klinikada bo’lishdi va yaratilgan imkoniyatlar bilan  tanishib chiqishdi. Muassasalar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yashil enegiya barqaror quvvat garovi

Buxoro davlat tibiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida institut hovlisi va zamonaviy klinikasining tom qismida quyosh panellari o’rnatilgan. Institutda jami reja bo‘yicha avvaliga 250 kvt/s keyin esa qo’shimcha yana 100 kVt/s quyosh panellari to‘liq o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda

Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tash uchun keldi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda. 2022 yilning 6 may kuni bu davlatning Degu Xaani universiteti ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bugun 10 iyul kuni Degu Xani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni qabl qilgan institut

Institutida jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan

Abu Ali ibn  SIno nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida jismoniy imkoniyati cheklangan yoki nogironligi bo’lgan insonlar harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan. Jumladan, bosh binoga kirish uchun maxsus nogironlik aravachasi uchun mo’ljallangan maxsus tashqi lift,  Talabalar turar joylarida ham shunday aravachada harakatlanadigan kishilar uchun maxsus kirish-chiqish yo’lagi, hamda birinchi qavatda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yashash xonalar va tegishli sharoitlar tayyorlangan.

Bitiruv marosimi

Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro Turkiya fakulteti bitiruvchilarining bitiruv oqshomi marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Sog‘liq bilimlari universiteti rektori professor Javdat Erdol, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi  boshqarma boshlig‘i O‘ktam Ismailov va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etmoqda.

Iyun oyida yurtimiz bo‘ylab «Yoshlar oyligi» doirasida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar keng nishonlanadi.

Shu kunlarda mazkur oylik doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlari va intellektual o‘yinlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bugun yoshlar oyligi doirasida «Milliy liboslar– millatimiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi» mavzuida liboslar taqdimoti va ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu tadbirda ishtirok etgan institut talaba qizlari xalqimizning necha minglik qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan go‘zal liboslarni namoyon etishdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Iordaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Tashrifning uchinchi kuni 9  iyunda vakillarimiz Iordaniya universiteti klinikasida bo‘lib, bu nufuzli tibbiyot muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqot uchrashuvida klinika bosh direktori professor Doktor Jamol Melhem va va professor Nader Alpsoul janoblari mazkur tibbiyot muassasaning bugungi quvvati va imkoniyatlari haqida Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatiga tushuntirishlar berib o‘tdi.  Klinika faoliyati bilan tanishib, imkoniyatlar solishtirildi. Shuningdek, kelishuvlar doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi shifokorlari bilan tajriba almashish, murakkab tibbiy amaliyotlarni birgalikda o‘tkazish, ilmiy tadqiqot va davolash usullarini hamkorlikda olib

AQShlik nufuzli professor Buxoroda mahorat darslari o‘tkazdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Amerika Qo‘shma shtatlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotgani yurtimiz ta’lim tizimining rivojlanayotganidan dalolat. Yaqinda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning Qo‘shma Shtatlarga qilgan safari davomida imzolagan shartnoma va kelishuvlar fikrimizning yorqin dalilidir. Shu kunlarda AQShning  Michigan universiteti professori Doktor Muhammad Gaziuddin Buxoroda bo‘lib, institutning Psixatriya narkologiya va tibbiyot psixologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari bilan institut talabalariga mahorat darslari o‘tdi.  Doktor Muhammad Gaziuddin janoblari talabalarga va kafedra jamoasiga boy tajribasi, ilmiy salohiyati hamda «okean orti»

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi.

Yurtimizda 3-iyundan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi. Shu munosabat bilan Buxoroda ham turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bugun, 8-iyun kuni Buxoro shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Favvoralar maydonida tashkil qilingan yoshlar sayli viloyatimizda ushbu yo‘nalishda o‘tkaziladigan tadbirlarning

Bugun ko’p millat va elatli xalqimiz deyarli har bir kunni bayram saifatida nishonlaydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti qardosh turkman, qozoq, qoraqalpoq millatiga mansub talabalar bilan birga uzoq Yevropa va Janubiy Osiyolik talabalar ham tahsil olmoqda. Hindiston, Pokiston, Iordaniya, Rossiya hattoki AQSHdan ham talabalar institutda tahsil olishmoqda. Bugun Xalqaro tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida «Xalqaro do’stlik» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari prorektori Zubayda Bahranova o’quv yili davomidagi turli tadbirlarda faol bo’lgan talaba yoshl;arni institut tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X