“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi.

Yurtimizda 3-iyundan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi.

Shu munosabat bilan Buxoroda ham turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bugun, 8-iyun kuni Buxoro shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Favvoralar maydonida tashkil qilingan yoshlar sayli viloyatimizda ushbu yo‘nalishda o‘tkaziladigan tadbirlarning boshlanishi bo‘ldi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. 

Mazkur bayram dasturida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi.